Jahon | 22:54 / 16.07.2016
6998
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya mudofaa vaziri mamlakat hukumat qo‘liga to‘la o‘tganligini ma'lum qildi
Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishik mamlakatda davlat to‘ntarishining oldi olingan va davlatning barcha hududi hukumat nazorati ostiga o‘tgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ishikning ma'lum qilishicha, xavfning butunlay bartaraf etilganini aytishga hali erta. Bundan tashqari, hukumat tarafdorlarini tag‘in ko‘chaga chiqishga chorlagan.
Eslatib o‘tamiz, 15 iyul kuni Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish sodir bo‘lgan edi. Bunga aloqadorlikda gumonlanib, 3 ming shaxs qo‘lga olingan.