Turkiya razvedkasi: Davlat to‘ntarishiga urinish to‘xtatildi
Turkiya Milliy razvedka tashkiloti vakili Nuh Yilmaz mamlakatda harbiy yo‘l bilan davlat to‘ntarilishining oldi olingani haqida ma'lum qildi. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslangan holda TASS agentligi xabar tarqatgan.
«Turkiyada hukumat to‘ntarishga urinish to‘xtatib qolindi. Jarayon ertalabgacha yakunlanadi», — degan Yilmaz.
U davlat to‘ntarishga urinish turkiyalik harbiylar tomonidan amalga oshirilganini ta'kidlagan.
Bundan oldinroq, harbiylar Anqaradagi o‘z pozitsiyalarini tark eta boshlagani xabar qilingandi. Qayd etilishicha, o‘n minglab kishilar Anqara ko‘chalariga chiqqan va isyonchi harbiylarga qarshilik ko‘rsatgan.
15 iyul kuni kechqurun turkiyalik harbiylar davlat to‘ntarishi amalga oshirishga harakat qildi. Harbiylar Bosfor ko‘prigini to‘sib qo‘ygan va politsiyani qurolsizlantirgan. Anqara shahri osmonida harbiy samolyotlar parvoz qilgan, Istanbulda tanklar orqali aeroport yo‘llari to‘sib qo‘yilgan.