Jahon | 05:33 / 16.07.2016
4844
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada harbiy to‘ntarish vaqtida 17 nafar politsiyachi halok bo‘ldi

Turkiyada amalga oshirilgan harbiy to‘ntarish davomida 17 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Xabarda mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga sodiqlik bildirib, isyonchi harbiylarga qarshilik ko‘rsatgan politsiyachilar o‘ldirilgani aytilgan.

Bundan oldinroq, Turkiyada davlat to‘ntarishi amalga oshirgan harbiylar mamlakat prezidenti Erdo‘g‘an chaqiruviga asosan ko‘chalarga chiqqan tarafdorlarni o‘qqa tuta boshlagani va kamida to‘qqiz kishi vafot etgani ma'lum qilindi.
 
Eslatib o‘tamiz, 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada to‘ntarishga urinish yuz berdi. Harbiylar mamlakatdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olganini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish