Jahon | 05:30 / 16.07.2016
5919
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada isyonchi harbiylar aholini o‘qqa tuta boshladi

Turkiyada davlat to‘ntarishi amalga oshirgan harbiylar mamlakat prezidenti Erdo‘g‘an chaqiruviga asosan ko‘chalarga chiqqan tarafdorlarni o‘qqa tuta boshladi. 

RIA Novosti axborot agentligi bergan xabarga ko‘ra, kamida to‘qqiz kishi o‘ldirilgan.

Bundan oldinroq, Erdo‘g‘an tarafdorlari davlat to‘ntarishiga qarshi ekanliklarini bildirishgan va ba'zi nuqtalarda harbiylarga hujum qilgan hamda ulardan tanklarni olib ketishlarini talab qilgani xabar qilingandi. 

Eslatib o‘tamiz, 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada to‘ntarishga urinish yuz berdi. Harbiylar mamlakatdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olganini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish