Jahon | 08:54 / 17.07.2016
2815
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviyada yengil motorli samolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Boliviya shimolidagi Santa-Rosa shahrida yengil motorli samolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda 17 iyulda mahalliy nashr "Deber"ga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, qurbonlar orasida bir bola bo‘lgan. Samolyot bortida uchuvchidan tashqari 5 yo‘lovchi bo‘lgan.

Huquq-tartibot muassasalari xodimlari voqea joyida ishlashmoqda. Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish