Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 01:01 / 17.07.2016
36584
1 daqiqa o‘qiladi
Taniqli aktrisa Gulchehra Eshonqulova farzandli bo‘ldi
"Shabnam", "Janob Hech kim", "Fotima va Zuhra" kabi filmlar orqali muxlislar qalbidan joy olgan taniqli kino aktrisasi Gulchehra Eshonqulova farzandli bo‘ldi. Bu haqida aktrisaning qarindoshlaridan biri ma'lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi so‘nggi suratlarida juftlikning farzand kutayotganligi ma'lum bo‘lgandi. Hozirda turmush o‘rtog‘i Sharof Sharopov bilan Turkiyaning Istanbul shahrida istiqomat qilayotgan aktrisa o‘g‘il farzand ko‘rgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, chaqaloqning vazni 4 kg ni tashkil qilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish