Jahon | 01:40 / 19.07.2016
6550
1 daqiqa o‘qiladi

Glazgoda haydovchisiz avtobus yirik yo‘l-transport hodisasi sababchisiga aylandi

Shotlandiyaning poytaxti Glazgo shahri ko‘chalaridan birida haydovchisiz ikki qavatli avtobus noma'lum sabablarga ko‘ra joyidan jilib, ko‘cha bo‘ylab yurib ketgan, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.

Gazeta kioski yonida avtobusdan tushgan haydovchi mashinasiga yetib olmoqchi bo‘lgan, biroq ulgurmagan. Avtobus svetoforda turgan yengil mashinaga borib urilgan. Yengil mashina esa yo‘lovchini urib yuborgan.

Shundan keyin dabldeker boshqa avtobusga urilgan, u esa yana boshqa mashinalarga urilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘lovchi jarohat olgan. Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.