Jahon | 18:53 / 19.07.2016
4627
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya diniy ishlar boshqarmasi 492 nafar xodimini ishdan bo‘shatdi

Turkiya diniy ishlar boshqarmasining (Diyonat) ma'lum qilishicha, olib borilgan tekshiruvlar natijasida mamlakatda bo‘lgan harbiy to‘ntarishga aloqadorlikda gumonlanib, boshqarmaning 492 nafar xodimi ishdan bo‘shatildi.

"Turkiyada Diyonat tuzilmasidagi olib borilgan tekshiruvlarda mamlakatda amalga oshirilgan davlat to‘ntarishida aloqadorlikda gumonlanib, boshqarmaning 492 nafar xodimi ishdan bo‘shatildi”, - deyiladi ma'lumotda. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 15 iyul kuni tunda harbiy to‘ntarishga urinish sodir bo‘ldi. Ushbu harakatlarda 200 dan ziyod kishi halok bo‘ldi, 1000 dan ziyod fuqaro yaralandi.