Jahon | 19:51 / 19.07.2016
5447
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Gulenga aloqasi bo‘lgan 20 dan ortiq OAV yopildi

Foto:hurriyet.com

Turkiya hukumati Fathulloh Gulen bilan aloqasi bo‘lgan yigirmadan ziyod OAVlarning litsenziyasini to‘xtatdi. Bu haqda mahaliy «Hurriyat» gazetasi xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, yopilgan OAV ichida mamlakatda yetakchi hisoblangan Samanyolu Haber Radyo Anadolu, Hira TV va Kanal Türk kanallari ham bor.

Avvalroq Gulenga aloqasi bo‘lgan bankning ham faoliyati to‘xtatilgan edi. Turkiya hukumati mamlakatda amalga oshirilgan to‘ntarishning tashkilotchisi deb aynan Gulenni ko‘rsatmoqda. U esa ayni vaqtda AQShda istiqomat qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish