Jahon | 11:48 / 19.07.2016
9059
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada noma'lum shaxslar politsiya postiga hujum qildi

Qurollangan shaxslar guruhi Turkiya shimoli-sharqidagi Trabzon viloyati, Machka tumanida yo‘l politsiyasi postiga hujum uyushtirgan. Hurriyet xabariga ko‘ra, hujum oqibatida bir necha kishi jarohatlangan.

Xabarga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 10:45da noma'lum shaxslar politsiyachilarni o‘qqa tutgan. Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Kuch ishlatar tuzilma vakillari hujum qilganlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliyot o‘tkazmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish