Fan-texnika | 20:13 / 21.07.2016
6059
1 daqiqa o‘qiladi

Corning kompaniyasi smartfon qoplamasining beshinchi avlodini taqdim etdi

Google image

Corning kompaniyasi mobil telefonlari ekranlari himoyasi uchun ishlatiladigan kimyoviy aralashmaga ega qoplamaning beshinchi avlodi Gorilla Glass’ni taqdim etdi. Dasturchining ta'kidlashicha, zarbaga bardosh beruvchi ushbu shisha 80 foiz holatda darz ketmaydi. Agar ushbu qoplamaga ega smartfon 1,9 metr balandlikdan kafel plitkaga, asfaltga yoki beton polga yuza qismi bilan kelib tushgan taqdirda ham unga shikast yetmaydi.

Avval ishlab chiqarilgan to‘rtinchi avlod qoplamalari bu xususiyatga bir metr masofadangina egalik qilishgan.

Ichki tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan yilda 85 foiz smartfon egalari qo‘llaridan apparatlarini tushirib yuborishgan. Eng qizig‘i, ularning har uchdan biri ko‘krak qatori balandlikdan tushib ketgan.

Corning  yangi qoplamaning qalinligini 0,6 millimetrga qisqartirdi. Kompaniya Gorilla Glass 5 ustida ish boshlaganini ham e'lon qilgan.