Jahon | 07:39 / 21.07.2016
5811
1 daqiqa o‘qiladi

Yerevandagi to‘qnashuvlar davomida 45 kishi jabrlandi

Google image

Yerevanda patrul-post xizmati binosining bosib olinishidan keyin boshlangan to‘qnashuvlardan so‘ng 45 kishi shifoxonlarga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Armaniston sog‘liqni saqlash vazirligiga iqtibos keltirgan holda "Gazeta.Ru" muxbiri.   

"Tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan 45 kishidan 25 nafari politsiyachi", deb ma'lum qildi vazirlik matbuot kotibi Anait Aytayan.

Ta'kidlanishicha, 18 kishi tez yordam mashinalari yordamida gospitalizatsiya qilingan, qolganlar esa shifoxonalarga o‘zlari mustaqil murojaat qilishgan.  

Sog‘liqni saqlash vazirligida jabrlanganlar soni oshishi mumkinligi aytilmoqda. Yerevanda patrul-post xizmatini bosib olganlar tarafdorlari va politsiyachilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 3 mingga yaqin odam ishtirok etgan.  

Avvalroq Yerevanning Erebuni tumanida bo‘lib o‘tayotgan bosqinchilar tarafdorlari norozilik namoyishi huquq-tartibot muassasalari bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketgani ma'lum qilingandi.