Italyan tennischisi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun musobaqalardan chetlatildi
Professional tennischilar uyushmasi – ATP reytingida 143-o‘rinni egallab turgan italiyalik tennischi Marko Chekkinato kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun diskvalifikatsiya qilindi, deb xabar qilgan Tennisbest.com sayti.
23-yoshli sportchi 18 oyga katta tennisdan chetlatilgan. Bundan tashqari, Marko 40 ming yevro miqdorida jarima ham to‘laydi. Xabar qilinishicha, Chekkinato 2015 yil oktabr oyida Marokashda bo‘lib o‘tgan “chellenjyer” turnirida polyak Kamil Mayxshakka 1:6, 4:6 hisobida qasddan mag‘lub bo‘lgan.
Italiya tennis federatsiyasi, sportchi yakka va juftlik bahslarida ataylab mug‘ombirlik ila yutqazgani hamda do‘stining akkauntidan kirib, onlayn tarzda pul tikkanini aniqlagan. Chekkinatoning aybini, do‘sti Rikardo Akardi bilan olib borgan yozishmalari isbotlagan.
Mavzuga oid
22:08
Alp tog‘larida turistlar 280 mln yillik qadimiy hayvonlar izlariga duch keldi
18:29 / 12.11.2024
Italiyada 2 mingdan ziyod soxta san’at asarlari musodara qilindi
15:17 / 11.11.2024
Italiyaning Pompey shahri xarobalariga sayohatchilar tashrifi cheklanadi
12:50 / 05.11.2024