Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada 2 mingdan ziyod soxta san’at asarlari musodara qilindi
Jinoiy guruh ushbu soxta san’at namunalarini sotish orqali 200 million yevrodan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritishlari mumkin edi.
Italiya politsiyasi san’at asarlarini soxtalashtirish bilan shug‘ullangan jinoiy tarmoqni fosh etdi, deb xabar beradi Piza politsiyasi. Ish bo‘yicha 38 kishi tergov qilinmoqda — ulardan 2,1 ming dona soxta asarlar musodara qilingan.
Qayd etilishicha, transmilliy operatsiya 2023 yil martda boshlangan. Soxta san’at asarlari Italiya, Ispaniya, Fransiya va Belgiyadagi ustaxonalardan topilgan. 2,1 ming dona soxta san’at namunalarini sotish orqali gumonlanuvchilar 200 million yevrodan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritishlari mumkin edi.
Jinoiy ishga aloqadorlar Klod Mone, Vinsent van Gog, Pablo Pikasso, Salvador Dali, Mark Shagal, Endi Uorxol, Benksi va boshqa taniqli rassomlarning ishlarini soxtalashtirish bilan shug‘ullangan. Ular Benksining ikkita ko‘rgazmasini o‘tkazib, original va soxta kartinalarini namoyish etgan. Tergov biznesmenlardan birining kolleksiyasidan 200 ga yaqin soxta kartinalar topilganidan keyin boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda Ispaniya politsiyasi sakkiz nafar shaxsni Pablo Pikasso suratlarining soxta namunalarini 160 million yevroga sotganlikda gumon qilib, qo‘lga olgandi. Pablo Pikassoning kartinalari dunyodagi eng qimmatbaho san’at asarlari sirasiga kiradi.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
11:00 / 10.06.2026