Italiya hukumati 15 noyabrdan boşlab Pompeyga taşrif buyuruvçilar soni kuniga 20 ming nafargaça çeklanişini va ismli çiptalar joriy etilişini ma’lum qildi. Bu haqda The Guardian naşri xabar bermoqda.
Şu yöl bilan hukumat vakillari haddan taşqari köpaygan sayyohlar oqimini nazoratga olib, umumjahon merosi obektini himoya qilmoqçi. Yozda Pompeyaga rekord darajada — 4 million sayyoh taşrif buyurdi. Yakşanba kunlarining birida kiriş bepul qilinganda, mehmonlar soni 36 ming kişidan oşib ketdi.
Pompey arxeologiya parki direktori Gabriel Tsuxtriegelning ta’kidlaşiça, hozir sayyohlar kuniga 15-20 ming kişidan oşyapti, kunlik taşrif buyuruvçilar sonini çeklaş kelgusi ösişning oldini oladi.
“Biz obektga antropogen yukni kamaytirişga qaratilgan bir qator yeçimlar ustida işlayapmiz, bu yuk sayyohlar uçun ham, şunday noyob va nozik meros uçun ham xavf tuğdirişi mumkin”, — dedi Tsuxtrigel.
Kelgusi haftadan boşlab boqqa kiriş çiptalarida taşrif buyuruvçilarning töliq ismi körsatiladi, kuniga 20 mingtadan ortiq çipta sotilmaydi. Bundan taşqari, yoz mavsumida oraliq tanaffuslar joriy etiladi.
Arxeologik boğ nazoratçilari sayyohlarni Pompeyga aloqador boşqa qadimiy joylarga, jumladan, Stabiya va Boskorealga yönaltirmoqçi.
Pompey — Neapol yaqinidagi qadimgi Rim şahri bölib, u milodiy 79 yilda Vezuviy vulqoni otilişi oqibatida yöq bölib ketgan. Hozirgi kunda bu hududda YuNeSKOning Butunjahon madaniy merosi röyxatiga kiritilgan arxeologik park joylaşgan.











