Iqtisodiyot | 11:07 / 21.07.2016
11492
2 daqiqa o‘qiladi

Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlar uchun yangi interaktiv xizmat joriy etdi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mahalliy tadbirkorlik sub'yektlariga mini-texnologiya va asbob-uskunalarni izlash va jalb etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu xizmatni tadbirkorlarga ko‘rsatishni yanada qulaylashtirish va takomillashtirish maqsadida SSP veb-saytida (www.chamber.uz) yangi interaktiv xizmat joriy etildi.

Bunda Savdo-sanoat palatasining xizmatlaridan foydalanish uchun tadbirkorlik sub'yektlari quyida taqdim etilgan ariza shaklini to‘ldirishlari kerak bo‘ladi va mazkur ariza Palataning Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limiga ko‘rib chiqish uchun kelib tushadi. Savdo-sanoat palatasi esa o‘z navbatida talab qilingan asbob-uskuna va texnologiyalar to‘g‘risidagi so‘rov xatini tegishli sanoat tarmog‘i bo‘yicha xorijiy va mahalliy asbob-uskuna va texnologiyalarni yetkazib beruvchi korxonalarga yuborishni tashkil etadi.

Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limi arizani yuborgan tadbirkorlik sub'yektlariga asbob-uskuna yetkazib beruvchi korxonalarning aloqa ma'lumotlarini taqdim etadi. So‘ralayotgan asbob-uskuna yoki texnologiyaning murakkabligi va soniga yoki talab qilingan asbob-uskunani yetkazib beruvchi korxonaning mavjudligiga qarab tadbirkorlik sub'yektlarining talabnomalari 10 ish kunidan 1 oygacha muddatda ko‘rib chiqilishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish