Jahon | 17:12 / 21.07.2016
7874
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasiga amal qilishni to‘xtatdi

Turkiyada favqulodda holat joriy etilishi ortidan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasiga amal qilinishi to‘xtatildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmush ma'lumotiga asoslanib Reuters xabar tarqatgan.

Vazir mahalliy televideniye orqali chiqish qilgan.

Turkiya hukumatining mamlakatda favqulodda holat joriy etish haqidagi qarori Resmi Gazete nashrida e'lon qilingach, rasman kuchga kirdi.

Vazir shuningdek, mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin joriy etilgan, 3 oy davom etadigan favqulodda holat 1,5 oydan ortiq muddatga uzaytirilmasligini ma'lum qilgan.