Jahon | 09:18 / 22.07.2016
4319
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp tuzumlarni o‘zgartirish siyosatidan voz kechishga va'da berdi

Foto: Reuters

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp  "o‘zini oqlamagan" turli davlat tuzumlarini o‘zgartirish siyosatidan voz kechishga va'da berdi. Buning o‘rniga, uning fikricha, "Islom terrori"ni yo‘qotish zarur.

"Biz, Hillari Klinton Iroq, Liviya, Misr va Suriyada ilgari surgan, milliy davlat qurilishi va tuzumlarni o‘zgartirish siyosatidan, o‘zini oqlamagani uchun voz kechishimiz kerak. Buning o‘rniga biz, ittifoqchilarimiz bilan IShIDni yo‘q qilish borasida hamkorlikda ishlashimiz lozim", — deb bayonot bergan Tramp Respublikachilar partiyasi s'yezdida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish