Sport | 08:13 / 24.07.2016
4638
1 daqiqa o‘qiladi

Devid Moyyes "Sanderlend" bosh murabbiyi lavozimini egalladi

“Sanderlend” klubi Devid Moyyes jamoa bosh murabbiyi lavozimini egallagani haqida ma'lum qildi. Klub rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko‘ra, 53 yoshli mutaxassis bilan 4 yillik shartnoma imzolandi.

“Men “Sanderlend”ga qo‘shilishdan juda xursandman. Men uchun bu yangi chaqiruv va yangi imkoniyatlar. Men Angliya Premer ligasiga qaytishdan xursandman”, – dedi Moyyes.

Bunga qadar jamoani 22 iyul kuni Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligini egallagan Sem Ellardays boshqargan. O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, “Sanderlend” 17-o‘rinni band qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish