Jahon | 10:02 / 24.07.2016
4772
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uy: AQSh va Afg‘onistonning xavfsizlik sohasidagi hamkorligi davom ettiriladi

Foto: © RIA Novosti

AQShning Afg‘oniston va mintaqaning boshqa mamlakatlari bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorligi davom ettiriladi. Kobuldagi teraktdan keyin Oq uy tomonidan shunday bayonot berildi.

"Biz Afg‘oniston maxsus xizmatlari bilan mintaqadagi xavfsizlikni ta'minlash borasidagi hamkorlikni davom ettiramiz. Mamlakat farovonligigi, barqarorligi va xavfsizligiga tahdid qilayotgan kuchlarga qarshi birgalikda kurashamiz", deyilgan bayonotda.

Shuningdek, unda Kobuldagi terakt "tinch aholiga hujum" bo‘lgani qayd etib o‘tilgan.

Afg‘oniston poytaxti Kobulda 23 iyul kuni ro‘y bergan portlash oqibatida 80 kishi halok bo‘ldi, 230 kishi jarohatlandi.

Mamlakat ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Siddiq Siddiqiyning ma'lum qilishicha, uch ekstremist namoyishchilar olomoni ichiga kirib olgan. Ulardan ikki nafari egnidagi portlovchi uskunani harakatga keltirgan, uchinchisi esa politsiyachilar tomonidan o‘ldirilgan.

IShID ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish