Sport | 19:02 / 25.07.2016
8831
2 daqiqa o‘qiladi

Aren Robben. Zamonaning jarohatga eng moyil futbolchisi

Aren Robben mavsumoldi tayyorgarlik mashg‘ulotlari chog‘ida chov sohasidan jarohat oldi. Lekin u yangi mavsum boshlanguniga qadar tiklanishga va'da bergan. sports.ru sayti niderlandiyalik futbolchini zamonaning jarohatga eng ko‘p darajada moyil futbolchisi sifatida qayd etgan.

U keyingi 9 mavsumda 22 marta jiddiy jarohat olgan.

Son qismida

2007 yil. Son muskullarining uzilishi (Davolanish uchun 14 kun muddat)
2010 yil. Sondagi og‘riq (14 kun)
2015 yil. Son muskullaridagi jarohat (49 kun)
2016 yil. Son muskullaridagi jarohat (84 kun)
2016 yil Chov qismidagi shikastlanish (42 kun)

Bel va qorni sohasidagi muskullarda

2012 yil. Beldagi og‘riq (25 kun)
2015 yil. Qorin qismidagi jarohat (35 kun)

Tos suyaklari bo‘g‘imida

2011 yil. Qovg‘a suyagida yallig‘lanish (31 kun)
2011 yil. Churra tushish (39 kun)
2013 yil. Chov sohasidagi jarohat (10 kun)

Pay va muskullarda

2008 yil. Bel muskullaridagi uzilish (21 kun)
2010 yil. Muskullardagi shikastlanish (151 kun)
2012 yil. Bel muskullaridagi uzilish (18 kun)
2012 yil. Muskullardagi muammolar (28 kun)
2014 yil. Paylardagi yallig‘lanish (tendinit) (21 kun)
2015 yil. Muskullar diskomforti (25 kun)
2015 yil. Muskullarni tutib turuvchi to‘qimalar uzilishi (60 kun)

Tizza

2009 yil. Tizzadagi muammolar (21 kun)
2009 yil. Tizza bo‘g‘imidagi jarohat (18 kun)
2013 yil. Tizza muskullari to‘qimasidagi jarohat (42 kun)

Boldir

2008 yil. Boldir bo‘g‘imidagi uzilish (21 kun)
2008 yil. Tovon to‘qimasidagi yallig‘lanish (14 kun)

Robben 2009-10 yilgi mavsumning 42 foizlik qismini jarohatlar tufayli o‘tkazib yuborgan. Keyingi mavsumlarda esa ko‘rsatkichlar quyidagicha:
2010-2011 yilgi mavsum - 63 foiz
2011-2012 yilgi mavsum - 45 foiz
2012-2013 yilgi mavsum - 68 foiz
2013-2014 yilgi mavsum - 45 foiz
2014-2015 yilgi mavsum - 45 foiz
2015-2016 yilgi mavsum - 64 foiz

Manba: Tribuna.uz