Jamiyat | 17:15 / 25.07.2016
35812
2 daqiqa o‘qiladi

Qochoq yigitning sumkalari dunyo xonimlarini lol qoldirmoqda

Niderlandiya fuqarosi bo‘lgan somalilik yigit Omar Muni oxirgi vaqtlarda butun dunyo moda olamida mashhur bo‘lib ketdi. U xonimlar uchun sumka tikish biznesini yo‘lga qo‘ygan. Omar to‘qqiz yoshida Niderlandiyaga qochib kelgan va shu yerda qolib ketgan.

U dastlab qo‘lda sumka tikishni boshlaydi va uni maktabdosh qizlarga sotadi. Asta-sekin o‘z firmasini ochadi va hozirda Omar muni Clothing nomli butun boshli korxonasi bor.

Uning asosiy maqsadi butun dunyodan Yevropaga oqib kelayotgan qochoqlarni ish bilan ta'minlash. O‘z sarmoyasi yordamida Niderlandiya hukumatiga qochoqlarni uy-joy bilan ta'minlashda ko‘mak bermoqchi.

«Men to‘qqiz yoshimda Niderlandiyaga qochoq bo‘lib kelgandim. O‘shanda qish edi, sovuq edi. Bitta futbolka va shortida kelganman. Samolyot qo‘nayotganda aeroportda ko‘p, juda ko‘p chiroqlarni ko‘rdim. Bu chiroqlar menga umid bag‘ishlagan edi»,- deydi Omar.

Uning ishlari shunchalik mashhur bo‘lib ketdiki, AQShning eng mashhur ikki xonimi ‑ prezidentlikka nomzod Hillari Klinton va jurnalist Opra Uinfrilar unga buyurtma berishgan. Natijada ko‘plab san'atkorlar qochoqlarga yordam berish haqida o‘ylab qolishdi...