Jamiyat | 08:30 / 26.07.2016
6491
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviyada dinozavrlar qoldirgan eng katta iz topildi

Foto: globallookpress

Boliviya janubida taxminan 80 mln yil avval yashagan dinozavrning ulkan oyoq izi topildi. Topilma Sukre shahri yaqinidagi Maragua hududida paleontologlar guruhi tomonidan aniqlandi. 

Ma'lum qilinishicha, iz etxo‘r dinozavr – teropodga tegishli bo‘lgan.

Olimlarning aytishicha, diametri 1,15 metrni tashkil qiladigan bu iz ehtimol dinozavrlar qoldirgan eng katta iz hisoblanadi.

Paleontologlarning baholashicha, izni qoldirgan teropodning bo‘yi 12 metrni tashkil qilgan bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish