Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:17 / 26.07.2016
7298
1 daqiqa o‘qiladi
Ostonadagi yangi vokzalda poyezdlar uch qavat bo‘lib to‘xtaydi
2017 yilda Ostona vokzali rekonstruksiyadan chiqadi. Bu haqda BNews.kz xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, yangi vokzalda poyezdlar uch qavat bo‘lib to‘xtaydi. U bir yilda 12 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata olishi alohida ta'kidlangan.
Vokzalning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, poyezdlar kutish zalining ichigacha kirib boradi. Kutish zali esa uch qavatdan iborat bo‘ladi. Vokzal to‘liq issiq va sovuqdan birday himoyalaydigan oynalar bilan qoplangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish