Jamiyat | 15:38 / 27.07.2016
6221
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburglik yigit samokatda Moskvaga qadar bordi

Sankt-peterburglik Aleksandr Rendakov 6 kun ichida Moskvadagi Qizil maydonga samokat orqali yetib keldi. Bu haqda "Moskva24" xabar bermoqda.

Rendakovning aytishicha, u bu masofani bir hafta davomida bosib o‘tishni mo‘ljallagan edi.

U bir kunda 120 km masofa yurgan. Yeguliklarni yo‘ldagi do‘konlardan xarid qilgan. Uning hikoya qilishicha, mahalliy aholi vakillari uni mevalar bilan mehmon qilishgan. Rendakov o‘zi bilan eng zarur narsalar: chodir, to‘shak, issiq kurtka, dori qutichasini olgan. Uning yuklari jami 10 kilogrammni tashkil etgan.

U o‘z shahriga poyezdda qaytishni mo‘ljallagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish