Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:06 / 30.07.2016
12607
1 daqiqa o‘qiladi
Kuchli sel sabab Dushanbening bir qismida aholi ichimlik suvidan uzildi
Foto: © AP
Tojikistonda kuchli sel natijasida Varzob daryosini toshib ketgan. Xavfsizlik choralari sabab Dushanbening bir qism aholisiga ichimlik suvi yetkazib berish to‘xtatilgan.
Ismoil Somoniy, Sino, Shohmansur va Firdavsiy tumanlari vaqtincha ichimlik suvisiz qolgan. Rasmiylar suv uzatilishi shanba kuni kechgacha tiklanishini ma'lum qilishgan.