Jahon | 23:07 / 31.07.2016
7330
1 daqiqa o‘qiladi
Yerevanda politsiya binosini bosib olganlarning barchasi hukumatga taslim bo‘ldi
Yerevandagi patrul-post politsiyasi polki hududini qurollangan shaxslardan ozod qilish bo‘yicha aksilterrorchilik operatsiyasi yakunlandi. Politsiya binosini bosib olgan "Sasna tsrer" qurollangan guruhining barcha a'zolari hukumatga taslim bo‘ldi. 20 kishi ushlandi, polk hududi to‘liq ozod qilindi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.