Sport | 20:27 / 31.07.2016
5285
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiya qishlog‘i rahbari sportchilar xonalaridagi betartiblik uchun bo‘shatildi

Foto: © RIA

Olimpiya qishlog‘i direktori Mario Silenti sportchilar turadigan turar joy majmuasidagi betartiblik sababli o‘z lavozimidan bo‘shatildi. Olimpiya qo‘mitasi tekshiruvchilarining ta'kidlashicha, ba'zi binolar tomlaridan suv o‘tmoqda, hojatxonalardagi plitkalar singan va elekt simlari nosoz holatda. Bundan tashqari, ba'zi xonalarda karavotlar va unitazlar bo‘lmagan.

Biroq Rio-de-Janeyro meri Eduardo Payes Olimpiya qishlog‘i rahbarining yonini oldi. Uning fikricha, barcha sanab o‘tilgan nosozliklar qishloqda xorijliklarning, aynan esa Olimpiya qo‘mitasi a'zolarining faoliyati oqibatida sodir bo‘lgan. Chunki oxirgi 3 oy Olimpiya qishlog‘idagi barcha obektlar aynan ularning ixtiyorida bo‘lgan.  

Eslatib o‘tamiz, Olimpiada ochilishi 5 avgustda "Marakana" stadionida bo‘lib o‘tadi.