Jahon | 08:25 / 31.07.2016
7391
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Koloradodagi nutqi oldidan liftda qamalib qoldi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp Kolorado-Springs shahridagi mehmonxonalardan birining liftida qamalib qoldi. Associated Press axborot agentligining ma'lum qilishicha, voqea 29 iyulda mahalliy vaqt bilan soat 13.30 da yuz bergan.  

Milliarderdan tashqari, The Mining Exchange A Wyndham Grand Hotel & Spa mehmonxonasi liftida yana 4 kishi bo‘lgan. Shahar o‘t o‘chirish qismi xodimlari liftda qamalib qolganlarni chiqarib olish uchun lift shipidagi lyukni ochib, ichkariga narvon tushirishgan. Qamalib qolganlar u orqali 2-qavatga ko‘tarilib olishgan. Hech kim jabrlanmagan.

The Denver Post ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp liftda 30 daqiqa qolib ketgan va oqibatda o‘z chiqishiga kech qolgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish