Jahon | 08:30 / 01.08.2016
5413
1 daqiqa o‘qiladi
Yamanda jangarilar 16-asrda qurilgan masjidni yo‘q qildi
Yaman hukumati jangarilar tomonidan 16-asrda qurilgan, Taiz shahridagi eng mashhur masjid yo‘q qilinganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
29 iyul, juma kuni kechki payt yuz bergan portlashni salafiylar harakati vakillari amalga oshirgan. Mahalliy hokimiyat vakilining ma'lum qilishicha, portlashni mahalliy salafiylar yetakchilaridan biri Abu al-Abbos sodir etgan.
Yamanning tarixiy yodgorliklar va muzeylar uchun javobgar komissiyasi bu qo‘poruvchilik harakatini qoraladi va masjid gumbazi Yamandagi eng kattalaridan biri, masjidning o‘zi esa eng chiroyli diniy yodgorliklardan biri bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.