Jahon | 18:11 / 01.08.2016
4089
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR xakerlari janubiy koreyalik mulozimlarga yana hujum qilishdi

Foto: Misanec.ru

Janubiy Koreya KXDRga nisbatan navbatdagi ayblovini e'lon qildi. Mamlakat prokuraturasining ta'kidlashicha, shimoliy koreyalik xakerlar respublika hukumati mulozimlariga xakerlik hujumlarini amalga oshirgan. 

Tergovchilar, 2016 yilning birinchi yarmida Janubiy Koreya hukumatining 90ga yaqin a'zosi, KXDR tomonidan amalga oshirilgan kiberhujumdan jabr ko‘rganini qayd etishgan. G‘arazgo‘ylarning harakatlari tufayli 56 kishining parollari buzilgan, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.

E'lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, shimollik xakerlar Janubiy Koreyaning tashqi ishlar, mudofaa hamda milliy birlashish vazirliklari mulozimlarining elektron yozishmalarini qo‘lga kiritgan. Hujumlarni amalga oshirish uchun Janubiy Koreyadagi bepul platformalarda tashkil etilgan 27 ta fishing saytlaridan foydalanilgan.