Jahon | 19:32 / 01.08.2016
4115
1 daqiqa o‘qiladi

Mahachqal'ada gaz portlashi tufayli 23 kishi jarohatlandi

Rossiyaning Mahachqal'a shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida jabrlanganlar soni 23 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

Hudud Sog‘liqni saqlash bo‘limi ma'lumotiga ko‘ra, jarohatlanganlardan 5 nafari og‘ir ahvolda. 

Dog‘iston FVV vakili aytishicha, portlash oqibatida jarohatlanganlar soni 16 nafar.

Dastlabki xabarlarda Mahachqal'adagi «Layli» restoranida gaz balloni portlab ketishi tufayli 13 kishi turli darajada jarohat olgani aytilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish