Jahon | 23:59 / 01.08.2016
8385
1 daqiqa o‘qiladi
Mexiko shahri vulqon kuli ostida qoldi
Meksikadagi Popokatepetl vulqonining faollashgani sababli mamlakat poytaxti Mexikoning bir qator tumanlari kul bilan qoplandi, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.
Vulqon otilishidan shaharning janubi eng ko‘p talofat ko‘rgan.
Mahalliy aholiga nafas olish a'zolariga kulning tushishidan himoyalanish uchun marlidan nam niqoblar taqib yurish tavsiya qilinmoqda.
Popokatepetl vulqoni Mexikodan 50 km uzoqlikda joylashgan.