Jahon | 16:49 / 01.08.2016
3833
1 daqiqa o‘qiladi
To‘fon sabab Hongkongdagi xalqaro aeroportning 120ta reysi bekor qilindi
Hongkong xalqaro aeroportida Nida to‘foni yaqinlashayotgani sabab 124ta parvoz bekor qilindi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi yozgan.
Xabar qilishlaricha, 1 avgustda amalga oshiriladigan 42ta parvoz bekor qilingan. 2 avgustda uchib keluvchi 47 parvoz to‘xtatilishi haqida aytilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, barcha parvozlar Cathay Pacific va Dragonair aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan edi.
Nida to‘foni yaqin vaqtlar ichida Hongkongga yopirilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Guanchjou shahridagi (Guandun provinsiyasi) Bayyun xalqaro aeroportida 37 va 16-reyslar ham bekor qilingan.