O‘zbekiston | 11:44 / 01.08.2016
5761
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi Vashingtonda «C5+1» shakldagi uchrashuvda ishtirok etadi 

2016 yilning 3 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligida delegatsiya Vashington shahrida «C5+1» shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Markaziy Osiyoning besh mamlakati va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari «C5+1» doirasidagi hamkorlikning amaliy masalalarini muhokama qilishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish