Jahon | 19:09 / 02.08.2016
11214
1 daqiqa o‘qiladi
Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashuv mavzusi haqida fikrlarini bildirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan avgust oyida bo‘lajak uchrashuvida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik va Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti urib tushirilishi bilan yuzaga kelgan inqirozni muhokama etish niyatida ekanini bildirgan.
"Men 9 avgust kuni Sankt-Peterburgda Rossiya prezidenti bilan bizning iqtisodiy hamkorligimizni hamda Rossiya samolyoti bilan bog‘liq inqirozni muhokama etaman", — degan Erdo‘g‘an Anqaradagi iqtisodiy forumda chiqish qilar ekan.