Sport | 20:59 / 02.08.2016
21375
1 daqiqa o‘qiladi

Islombek Sindarov Czech Open musobaqasida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Islombek Sindarov Chexiyada o‘tkazilgan xalqaro shaxmat musobaqasida o‘z guruhida g‘alaba qozondi. 9 yoshli hamyurtimiz musobaqani «C» guruhida o‘tkazdi va 10 nafar qatnashchi ichida birinchi bo‘ldi.

Undan keyingi o‘rinlarni 22 yoshli xorvatiyalik Tomash Ante va 33 yoshli slovakiyalik Bobak Martin egalladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish