Sport | 14:41 / 02.08.2016
3789
1 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» Sanening transferini tasdiqladi

«Shalke» yarim himoyachisi Leroy Sane «Manchester Siti» rasman futbolchisiga aylandi.

20 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2021 yilning yoziga qadar amal qiladigan 5 yillik shartnoma tuzgan. 

Bundan oldinroq «Shalke» Sanening transferini tasdiqlagandi.

Transfer qiymati 55 million yevroni (bonuslar hisobiga) tashkil qilgan va bu Bundesliga tarixidagi eng qimmat transferga aylandi.

Ushbu futbolchi Germaniya chempionatida 8ta gol urib, 6 mart sheriklarini golli pas bilan ta'minlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish