Jamiyat | 21:10 / 02.08.2016
8621
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenkoning egizaklari Ukrainadagi oliygohlarda o‘qishmaydi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning egizak qizlari Yevgeniya va Aleksandra bu yil maktabni bitirishdi. Lekin ular mahalliy oliygohlarga hujjat topshirishmagan. Prezident farzandlarining chet elda o‘qishlarini xohlagan.

Yevgeniya va Aleksandra Poroshenko Londondagi Konkord kollejida o‘qishni davom ettiradi. Ukraina bosh vaziri Groysmanning qizi Kristina esa Londondagi CATS College'da o‘qiydi. Arsen Yatsenyukning zurriyodi Kristina hamUkrainadagi oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirganlar bazasida ko‘rinmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish