Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika kinoakademiyasi o‘z prezidentini sayladi
AQSh kinematografiya san'ati va fani Akademiyasi Sheril Bun Ayzeksni o‘z prezidenti etib sayladi, deb xabar bermoqda Associated Press. Akademiyada aytishlariga ko‘ra, Ayzeks tashkilotni bir yil davomida boshqaradi.
Aynan Ayzeksning o‘zi akademiyada xilma-xillikni ko‘paytirish fikrini ilgari surgan edi. So‘nggi ikki yil ichida “Oskar” haykalchasi faqat oq tanli aktyorlarga berilayotgani katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa #OscarsSoWhite xeshtegi tez-tez uchraydigan bo‘ldi.
Yaqinda akademiya o‘z safiga 683 yangi a'zoni taklif qilgan edi.