Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Xitoy bilan chegarasida "Bramos" raketalar polkini joylashtiradi
Hindiston hukumati "Bramos" qanotli raketalari polkini mamlakatning shimoli-sharqida, Xitoy bilan chegaralari yaqinida joylashtirishni ma'qulladi. Bu haqda Economic Times nashri o‘z manbalariga tayangan holda xabar bergan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi rahbarligidagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha komissiya jami qiymati 650 mln dollarga yaqin bo‘lgan 100ta raketani xarid qilish loyihasini tasdiqlagan. Bu esa, Hindiston armiyasi tarkibidagi "Bramos" raketalarining to‘rtinchi polki bo‘ladi. Raketalardan tashqari, beshta muqobil ko‘chma uchirish qurilmalari va ko‘chma boshqaruv punkti hamda boshqa uskunalar sotib olinadi.
Polk mamlakatning tog‘li Arunachal-Pradesh shtatiga joylashtiriladi. Bu yerda Hindiston va Xitoy o‘rtasida chegaralar borasida bahsli hududlar mavjud. Mamlakatlar xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan harbiylardan xoli chegara chizig‘i xususida bir to‘xtamga kela olishmagan.