13:13 / 03.08.2016
4431

OAV: Turkmaniston rahbari yana ikkita kitob yozmoqda

Joriy yilda beshta kitobini taqdim etgan o‘nlab kitoblar muallifi, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov mehnat ta'tilida navbatdagi asarlari ustida ishlashni davom ettirmoqda, deb yozmoqda mahalliy OAV. 

Kitoblardan biri Turkman millatining O‘g‘uzxonga borib taqaluvchi tarixiga oid bo‘lsa, yana biri turkman xalqining tinchliksevarlik, ma'naviy o‘ziga xosligi va bag‘rikengligiga bag‘ishlangan. 

Umuman, shu yil boshidan beri davlat rahbarining 5ta kitobi nashr qilingan. Turkman davlat rahbarining qalamiga mansub kitoblar bir nechta xorijiy tillarga tarjima qilingan.

Top