Sport | 20:51 / 04.08.2016
5689
1 daqiqa o‘qiladi

Daniya terma jamoasi Riodagi Olimpiya qishlog‘ida tunab ketildi

Daniya terma jamoasining Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadadagi delegatsiyasi rahbari Morten Rodvitt Olimpiya qishlog‘idagi ko‘plab o‘g‘riliklardan shikoyat qildi.

"Bizning so‘rovdan keyin Olimpiya qishlog‘ida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ko‘paygandan keyin bizni muntazam ravishda tunay boshlashdi", deb Rodvittning so‘zlarini keltirib o‘tdi The Local portali.

Sportchilarning mobil telefonlari, kiyimlari, shaxsiy buyumlari va hattoki choyshablari ham o‘g‘rilanmoqda. Norvegiya delegatsiyasining iPad plansheti yo‘qolib qolgan.

Daniya gandbol uyushmasi rahbari xonalardagi sharoitlarning yomonligidan shikoyat qildi. Uning aytishicha, xonalar iflos, santexnika jihozlari nosoz holda.