Jahon | 18:50 / 04.08.2016
7753
1 daqiqa o‘qiladi

Gulenning tulumi yoqilishi Batumida to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi

Foto: © AFP

"Bizning vatan" harakati faollari "Yagona milliy harakat" muxolifat partiyasining Batumidagi idorasi oldida Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili va turk muxolifati yetakchisi Fathulloh Gulenning tulumlarini yoqib yuborishgan. 

Ular, YaMHga AQShda yashayotgan Gulen tomonidan homiylik qilinishini ta'kidlashgan. Ma'lumki, Turkiya hukumati Gulenni davlat to‘ntarishiga urinishni tashkil etishda ayblamoqda, deb xabar qilgan Gruziya OAV. 

Natijada, o‘zaro muxolif guruhlar o‘rtasida dahanaki jang bevosita kuch sinashga aylangan. O‘zaro ur-yiqitda ikki tomondan 300ga yaqin kishi qatnashgan. Bir kishi ushlangan.