Sport | 17:55 / 04.08.2016
6032
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya qishlog‘ida sportchilar talonchilikdan jabrlanishmoqda

Daniya terma jamoasining 2016 yilgi Olimpiadada ishtirok etish uchun borgan delegatsiyasi rahbari Morten Rodvitt Rio-de-Janeyroda tashkil qilingan Olimpiya qishlog‘ida amalga oshirilayotgan to‘xtovsiz o‘g‘riliklardan shikoyat qildi.

"Biz xizmatchi xodimlar sonini oshirish bo‘yicha murojaat qilganimizdan keyin bizni yanada ko‘proq tunay boshlashdi", — deya Rodvittning so‘zlarini keltiradi The Local.

Terma jamoa a'zolarining mobil telefonlari, kiyimlari, shaxsiy buyumlari va hatto yopinchiqlari o‘g‘rilab ketilmoqda. Shuningdek, Norvegiya delegatsiyasi rahbarining iPad plansheti g‘oyib bo‘lgan.

Daniya handbol assotsiatsiyasi rahbari Olimpiya qishlog‘idagi sharoitlardan shikoyat qilgan. U nomerlar iflosligi hamda yuvinish xonalaridagi sharoitlar qoniqarsiz ekani haqida gapirgan.