O‘zbekiston | 09:08 / 04.08.2016
8449
1 daqiqa o‘qiladi
YouTube’da O‘zbekiston TIV kanali ochildi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining YouTube tarmog‘idagi rasmiy kanali ish boshladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
“O‘ylaymizki, TIVning rasmiy veb-sayti hamda “Facebook”dagi sahifasi o‘quvchilari endilikda “YouTube”dagi kanalimiz orqali mamlakatimiz rahbariyatining tashqi va ichki siyosati, O‘zbekiston va uning diqqatga sazovor joylari to‘g‘risida nafaqat matnli yangiliklar, balki foto va videoma'lumotlar bilan ham yanada yaqindan tanishishlari mumkin”, deyiladi ma'lumotda.