Jamiyat | 09:24 / 05.08.2016
3704
1 daqiqa o‘qiladi

Nitstsadagi terakt vaqtida jarohat olganlardan yana biri halok bo‘ldi

Nitstsadagi terakt vaqtida jarohat olganlar soni ortdi, shifoxonada og‘ir jarohatlari tufayli Per Attermann hayotdan ko‘z yumdi. Endilikda terakt qurbonlari soni 85 nafarni tashkil etmoqda.

Reuters xabarida qayd etilishicha, marhumning rafiqasi Fransuaza va 12 yoshli o‘g‘li Eluan o‘g‘li voqea vaqtida darhol hayotdan ko‘z yumgandi, uning 14 yoshli qizi Liana hamon shifoxonada qolmoqda.

Bundan oldinroq Fransiya Ichki ishlar vazirligi Nitstsadagi terakt vaqtida halok bo‘lganlarnig 38 nafari xorijlik ekani haqida ma'lum qilgandi.

14 iyul kuni Bastiliyaning olinish kuni bayram qilinayotgan vaqtida Nitstsadagi Lazur qirg‘og‘ida to‘plangan kishilar ustiga 60–70 km/s tezlikda bostirib keldi va 80dan ortiq kishini o‘ldirdi. Politsiyachilar uni otib o‘ldirishgan. Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish