Sport | 11:09 / 05.08.2016
5670
1 daqiqa o‘qiladi
"Real" rahbariyati YeChLdagi g‘oliblik uchun Zidanning maoshini 2 baravar oshirdi
Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanning maoshini 2 baravar oshirishga qaror qildi. Bu haqda As nashriga asoslanib, Tribuna.uz xabar taqratdi.
Xabarda aytilishicha, fransiyalik mutaxassisning yillik maoshi miqdori 2,7 million yevrodan 5,5 million yevroga (soliqlar to‘langanidan keyin) ko‘tariladi.
Zidan madridliklar klubiga shu yilning fevralida Rafael Benitesning iste'foga chiqarilishidan keyin bosh murabbiy sifatida tayinlangan. U bilan 2018 yilgacha shartnoma tuzilgan. U "Real" bilan o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi va Yevropa chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.