Jahon | 14:51 / 05.08.2016
3912
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina prezidenti Indoneziyaga tashrif buyurdi
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Indoneziyaga tashrif buyurdi. Bu haqida Ukraina davlat rahbarining matbuot xizmati ma'lum qildi.
“Prezident Petro Poroshenko Malayziyaga qilgan rasmiy tashrifini yakunladi va davlat tashrifi bilan Indoneziya Respublikasiga keldi”, - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, Poroshenko tashrif davomida o‘zining indoneziyalik hamkasbi Joko Vidodo bilan uchrashishni rejalashtirgan.
Shuningdek, Indoneziya Xalq deputatlari kengashi spikeri Ade Komarudin va Jokyakart sultoni bilan yuzlashadi. Bundan tashqari, bir qator ikki tomonlama hujjatlarning imzolanishi va Poroshenkoning biznes-forumda ishtirok etishi kutilmoqda.