Sport | 08:46 / 07.08.2016
5262
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyalik Xagino kompleks suzish bo‘yicha 400 m masofada g‘olib bo‘ldi

Kosuke Xagino Rio-de-Janeyro olimpiadasida kompleks suzish bo‘yicha 400 metr masofada tengsiz bo‘ldi.

Finalda Xagino 4 daqiqayu 6,05 sekundlik ko‘rsatkich bilan amerikalik Cheyz Kalish (4.06,75) va o‘z vatandoshi  Dayyu Setoni (4.09,71) ortda qoldirdi.

2012 yilgi London olimpiadasida Xagino bu masofada uchinchi bo‘lib kelgandi. Braziliyada u 200 metrga erkin suzish va 200 metrga kompleks suzish bahslarida ham ishtirok etadi.

Manba: Tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish